• Тelefon +998 95 198-26-66
» » » Leonardo

Leonardo

DEKO`ART LEONARDO - Tashqi va ichki yuzalar uchun dekortiv qoplama
Ta’rifi: Akrilik kopolimerlar asosli ishlatishga tayyor va tashqi muhitga chidamli dekorativ qoplama.
Xarakteristikasi: Uzoq muddatga chidaydigan tashqi va ichki yuzalar uchun dekoratif qoplama.
Ishlatilish joylari: Binolarning tashqi va ichki devor yuzalarining pardozi. Sement suvoq qilingan yuzalarga, beton, gips, taxta ustiga yaxshi suriladi.
Yuzalarning tayyorlanishi: Yog’li dog’lar, kir va begona jismlardan uzoqlashtiriladi. Shishib chiqqan, do’ppaygan va boshqa noteks  yuza qismlari tekislanadi. Yoriqlar va teshiklar to’ldiriladi. Yuza tayyorlangandan so’ng “DEKOPRIMER” astar bo`yog`i surib chiqiladi.
Ishlatilishi: Yuzaga, astar bo’yoq surilgandan kamida 12 soatdan keyin po’lat andava yoki maxsus valik yordamida LEONARDO qoplamasi suriladi. Vaqt o`tkazmasdan maxsus andava yordamida yuzaga shakl beriladi va to`liq quriguniga qadar kutiladi. Shakl berilgan yuza qumqog`oz bilan silliqlanadi. Keyin maklavitsa yoki maxsus gubka yordamida DEKOCOLOR bo`yog`i suriladi.  LEONARDO qoplamsining yanada ko`rimli bo`lishi uchun yuza qurigandan keyin DEKOART maxsus perlomutr (Ottocento) bo`yog`i suriladi. Natijada  yuza porloq ko`rinishga ega bo`ladi. Ishlov berish oxirida DEKOLAK maxsus himoya loki suriladi.
Sarfiyat: O`rtacha 1,5-2,5 kg - 1 м.
Qadoqlanishi: 25 kg plastik idishlarda.
Saqlanish muddati: Xona xaroratida, yopiq idishda - 1 yil.