KORATEX: Dekorativ tashqi yuzalar uchun qoplama
Ta’rifi: Akril asosli ishlatilishga tayyor dekorativ-ximoya suvog’i.
Xarakteristikasi: Tashqi muhit ta’siriga chidamliligi bilan ajralib turadi. Nafas oladi. Suvoq qilingan va beton yuzalardagi kamchiliklarni berkitish xususuyatiga ega.
Ishlatilish joylari: Binolarning tashqi va ichki devor yuzalarining pardozi. Sement suvoq qilingan yuzalarga, beton, gips, taxta ustiga yaxshi suriladi.
Yuzalarning tayyorlanishi: Yog’li dog’lar, kir va begona jismlar uzoqlashtiriladi. Shishib chiqqan, do’ppaygan va boshqa noteks yuza qismlari tekislanadi. Yoriqlar va teshiklar to’ldiriladi. Yuza tayyorlangandan so’ng munosib rang berilgan DEKOPRIMER bo’yoq astar suriladi . Bo’yoq astar surilgandan 24 soat so’ngra KORATEX suriladi.
Asboblar: Birlamchi surish ishlari uchun po’lat taglik andava, oxirgi shaklini berish uchun plastmassa taglik andava ishlatiladi.
Sarfiyat: 3-3,5 kg - 1 м2.
Saqlanish muddati: Xona xaroratida 1 yil.
Qurish vaqti: To’liq qurishi 24 soat.
Qadoqlanishi: 25 kg plastik idishlarda.