DEKOART KAPITAL FACADE - Akril asosli tashqi ishlar uchun bo’yoq.
Ta’rifi: Akril kopolimer bog’lovchisi asosida, yuqori sifatli, mat, bino tashqi va ichki yuzasida oxirgi bo’yoq tabaqasi uchun.
Xarakteristikasi: Maxsus qo’shimchalar bilan kuchaytirilgan, yuqori qoplash va yoyilish qobiliyatiga ega uzoq muddatli, bino tashqi yuzasi bo’yog’idir. Havo o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lganligidan yuzadagi namni tashqariga chiqaradi.
Ishlatilish joylari: Binolarning tashqi yuzalarida, yupqa suvoq, gipskarton, beton va shunga o’xshash yuzalarga valik yoki shyotka yordamida surkaladi.
Yuzaning tayyorlanishi: KAPITAL FACADE ishlatiladigan yuza kir, chang, yog’ va eski bo’yoqlardan tozalanadi, agar yoriqlar bo’lsa to’ldirilib quruq va toza yuza tayyorlanadi.
Astar (gruntovka): Tayyorlangan yuzaga DEKOPRIMER (Akrilik asosli astar) ishlatiladi.
Ishlatilish shakli: KAPITAL FAÇADE- 2 tabaqa qilib, 2 soat tanaffus bilan,+5 C o dan past bo’lmagan haroratda ishlatiladi.
Sarfiyat: Bir tabaqa surilganda: 1 kg 6-9 m2 , ikki tabaqada: 1 kg bilan 3-6 m2 maydon bo’yaladi.
Qadoqlanishi: 4kg, 10 kg va 20 kg idishlarda.Saqlash muddati: Xona haroratida ochilmagan xolatda kamida 1 yil.