• Тelefon +998 95 198-26-66
» » » Dekoprimer

Dekoprimer

DEKOPRIMER  - Akrilik emulsiya asosli oq astar bo’yoq.

Ta’rifi: Akrilik emultsiya asosli oq astar bo’yoq.

Xarakteristikasi: DEKOPRIMER yuqori sizib o’tish va bog’lovchi xususiyatiga ega. Yuzalarni bo’yoq ishlari uchun tayyorlaydi, keyingi tabaqada suriladigan bo’yoq va suvoq materialining yuzaga singib ketishiga yo’l qo’ymaganligi sababli bo’yoq sarfini kamaytiradi. Suv va namlikni o’tkazmaydi. Oqartiradi va yuzadagi mikro yoriqlarni berkitadi.

Yuzalarning tayyorlanishi: Yog’li dog’lar, kir va begona jismlar uzoqlashtiriladi. Shishib chiqqan, do’ppaygan va notekis yuza qismlari tekislanadi, yoriqlar va teshiklar to’ldiriladi. Toza, quruq va tekis yuza hosil bo’lgandan keyin astarbo’yoq (gruntovka) surkaladi.

Ishlatilish joylari: Tashqi va ichki suvoq qilingan va beton, gipsokarton, fanera va tahta yuzalar.

Ishlatilish shakli: Ishlatilishdan oldin 30% suv qo’shilib aralashtiriladi. Ikki tabqa suriladigan bo’lsa: 1- tabaqada 50% suv, 2- tabaqada esa 30 % suv qo’shib suriladi. Aralashma tayyorlangandan keyin shotkada yoki valikda surkaladi. Surish oralig’I 4-5 soat.

Sarfiyat: 1 kg 5-6 m2.

Saqlash muddati: Xona xaroratida 1 yil.

Qurish vaqti: 4-12 soat

Qadoqlanishi: 6kg, 14 kg va 20 kg plastik idishlarda.