• Тelefon +998 95 198-26-66
» » » Dekolak

Dekolak

DEKOART DEKOLAK - Tashqi va ichki yuzalar uchun shaffof himoya loki va astar bo’yoq.

Ta’rifi: Akrilik kopolimerlar asosli shaffof himoya va astar bo’yoq.

Xarakteristikasi: DEKOLAK ximoya laki surilganida, shaffof bo’lganligi tufayli, yuzaning surilishdan oldingi ko’rinishi saqlanib qolinishi bilan birga, yuza kuchli himoya tabaqasiga ega bo’ladi. Yuzani UV nurlaridan, namdan va boshqa salbiy tasirlardan saqlaydi. Astar bo’yoq sifatida islatilganda yuzaga bo’yoqning jips yopishishiga, bo’yoqning shimilib ketishini oldini olib, sarfiyatni kamaytiradi.

Ishlatilish joylari: Binolarning tashqi va ichki devor yuzalaridagi bo’yoq va qoplamalarning himoyasi va astar bo’yoq. Sement suvoq qilingan yuzalarga, beton, gips, taxta ustiga yaxshi suriladi.

Ishlatilishi: Yuzaga valik yoki maklovitsa bilan suriladi. Ishlatilish joyiga qarab 1:1 dan 1:5 nisbatlarda suv qo’shish mumkin. To’liq qurishi 2 soat. 

Sarfiyat: Qo’shilgan suv miqtoriga qarab sarfiyat o’zgaradi. Normal shartlarda 1 kg 9-10 m2. .

Qadoqlanishi: 10 kg plastik idishlarda.

Saqlanish muddati: Xona xaroratida, yopiq idishda - 1 yil.