• Тelefon +998 95 198-26-66
» » » Coraltex (Granitto)

Coraltex (Granitto)

DEKO`ART CORALTEX (Granitto)- Tashqi devor yuzalari va sokol uchun teksturali dekorativ qoplama.

Ta`rifi: DEKO`ART CORALTEX (Granitto) – foydalanishga tayyor Akril sopolimer saqich asosli teksturali dekoratif qoplama.

Xarakteristikasi: Tashqi va ichki yuzalar, ayniqsa binolarning sokol qismlari uchun mo`ljallangan ushbu mahsulot, mazkur yuzalarga shakl berishda (granit, tosh, g`ishtli devor va boshqa ko`rinishlarning imitatsiyasini hosil qilishda) juda qol keladi. Bundan tashqari yuzalardagi defektlarning o`rnini to`ldirish, havoni yaxshi o`tkazish, namni esa o`tkazmaslik hususiyatlariga ega. Oson suriladi, inson va atrof muhitga zarar bermaydi, tejamkor va uzoq muddatga chidamli mahsulot. 

Ishlatilish joylari: DEKO`ART CORALTEX (Granitto) – suvoq qilingan, beton, gips, taxta va boshqa yuzalarga oson suriladi.

Yuzalarning tayyorlanishi: Yog’li dog’lar, kir va begona jismlar uzoqlashtiriladi. Shishib chiqqan, do’ppaygan va boshqa noteks yuza qismlari tekislanadi. Yoriqlar va teshiklar to’ldiriladi. Yuza tayyorlangandan so’ng DEKOPRIMER bo’yoq astar suriladi. Yer osti suvlari yaqin bo`lgan hududlardagi sokollarga DEKO`ART CORALTEX (Granitto) mahsulotini surish tavsiya qilinmaydi. 

Qo`llanilishi: 8 % suv aralashtirilib tayyorlangan mahsulot pulverizator yordamida sepiladi. Sarfiyat: 1 м2 ga 2,5 – 3,5 kg.

Qadoqlanishi: 4 va 12 kg plastik idishlarda.

Saqlanish muddati: Xona xaroratida, yopiq idishda - 1 yil. 

Qurish vaqti: To`liq qurish muddati – 12 soat.

Qo`shimcha ma`lumotlar: +5Со dan past bo`lgan haroratda ishlatilmasin. Qoplama surilgan bir yuzaning o`zida turli ranglar ishlatish uchun pardozlash lentasidan foydalaning. Mutloq bir hil rangga ega bo`lish uchun iloji boricha bir hil sana va kodli mahsulotni ishlating.