• Тelefon +998 95 198-26-66
» » » Textura

Textura

DEKOART TEKSTURA Teksturali fasad qoplamasi

Ta’rifi: Akrilik kopolimerlar asosli ishlatishga tayyor dekorativ qoplama.

Xarakteristikasi: Surilganida, qalinligi va yuza shakliga bog’liq o’laroq devordagi yuza kamchiliklarini berkitadi. Binoning suv sizdirishini oldini oladi. Ishlatish oson bo’lib turli yuza shakllari chiqarish mumkin. Hidsiz, nafas oladi, insonlarga va atrof muhitga zarar bermaydi, tejamli, uzoq muddatga chidaydigan tashqi yuzalar qoplamasi.

Ishlatilish joylari: Binolarning tashqi va ichki devor yuzalarining pardozi. Sement suvoq qilingan yuzalarga, beton, gips, taxta ustiga yaxshi suriladi.

Yuzalarning tayyorlanishi: Yog’li dog’lar, kir va begona jismlar uzoqlashtiriladi. Shishib chiqqan, do’ppaygan va boshqa noteks yuza qismlari tekislanadi. Yoriqlar va teshiklar to’ldiriladi. Yuza tayyorlangandan so’ng DEKOART TEKSTURA rangiga mos rang berilgan DEKOPRIMER bo’yoq astar suriladi .

Ishlatilishi: Yuzaga astar bo’yoq surilgandan kamida 12 soatdan keyin DEKOART TEKSTURA suv qo’shmasdan, valik yoki plastik andava bilan suriladi. Tayyor massa keng tog’oraga solinib yaxshilab aralashtiriladi. Birinchi bo’lib devorga tekis suriladi va so’ngra qotib qolmasidan xohlagan valik bilan shakl beriladi. Sepuvchi jixoz bilan ishlatilganda 8 % su bilan aralashtiriladi.

Sarfiyat: 1 - 2 kg - 1 мQadoqlanishi: 25 kg plastik idishlarda.

Saqlanish muddati: Xona xaroratida, yopiq idishda - yil.

Qurish vaqti: Tegish mumkin – 6 soat. To’liq qurishi 24 soat.

Qo’shimcha ma’lumotlar: +5Co dan past xaroratda ishlatilmasin. DEKOART TEKSTURA Ayni yuzada farqli ranglar ishlatilganda rang chegaralarida bo’yoqchi lentasi ishlating. Yuzalarda ton farqi bo’lmasligi uchun partiya raqami va ishlab chiqarilgan sanasi bir xil bo’lishiga e’tibor qiling.