• Тelefon +998 71 230-18-66
» » » PRIMER DEKASTAR

PRIMER DEKASTAR

Universal shaffof astar bo'yoq

Ta'rifi:

Yuqori sifatli akril vinil kopolimer asosli universal shaffof astar bo'yoq, ham namliktan ximoyalovchi vosita, ham tashqi va ichki bo'yoq ishlarida primer astar bo'yoq sifatida ishlatiladi. 

Xarakteristikasi:

Primer Dekastar ichki va tashqi yuzalarga astar bo'yogi sifatida ishlatilganda tarkibidagi polimer yordamida devorga nam o'tkazuvchanlikni to'xtatadi va bo'yoq sarfini kamaytiradi. Namlikdan ximoyalovchi vosita sifatida terassalarda, balkon, tualet va dush xona devorlaridagi mikrodarzlarga surilganda namning sizishini kamaytiradi. Podvol devorlarining ichki yuzalari uchun a'lo darajali namdan ximoyalovchi vosita. Yuzaning tayyorlanishi: Yog'li dog'lar, kir va begona jismlar uzoqlashtiriladi. Shishib chiqqan, do'ppaygan va boshqa noteks yuza qismlari tekislanadi. Yoriqlar va teshiklar to'ldiriladi.

Suyultirish shakli:

Bo'yoq astari uchun: tashqi yuzalarga - 1lt. Primer Dekastar 5lt. suvda suvda suyultiriladi. Namdan ximoyalash vositasi - 1lt. Primer Dekastar 1-2 lt. suvda suyultiriladi. Namdan ximoyalash uchun surilgan Super Primer ustidan bo'yoq surish mumkin emas. Suyultirilmagan Super Primerni ishlatish tavsiya qilinmaydi.

Ishlatilishi:

Astar bo'yoq va namlikdan ximoyalovchi vosita sifatida. Bo'yalgan yuzalarning bog'lanishini kuchaytirish uchun yangi va eski bo'yalgan yuzalarning ustidan Primer Dekastar surish mumkin. Yuza tortilish kuchi yuqori bo'lgan sintetik bo'yoqlarning Primer Dekastar astar bo'yoq tabaqasi ustidan surilishi tavsiya qilinmaydi. 

Sarfiyat:

Astar bo'yoq sifatida: 1lt. Primer Dekastar 7lt suv bilan suyultirilganda yuzaning yutuvchanligiga bog'liq o'laroq 60 m2  dan 100 mgacha. 

Saqlanish muddati:

Xona haroratida 1 yil.

Qurish vaqti:

1soat(20 ℃)

Qadoqlanish shakli:

1 lt, 3lt, va 5lt plastmassa idishlarda