Ichki Yuza Bo'yoqlariTabiiy travertin toshi effekti — relyefli, nafas oluvchi mineral qoplama.
TRAVERTIN yordamida devorga tabiiy toshga xos mayda chuqurchalar va silliq qismlardan iborat faktura beriladi. Qoplamani yaxlit yuzada qoldirish yoki chok chiziqlari yordamida terilgan tosh ko‘rinishini hosil qilish mumkin. Uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan qoplama binolarning tashqi va ichki devorlarini pardozlashda qo‘llanadi.
<b>Yuzani tayyorlash va qo‘llash</b>
1. Yuzani tayyorlang. Devorni chang, kir va yog‘ dog‘laridan tozalang. Bo‘rtib chiqqan va notekis qismlarni tekislang, yoriq va teshiklarni to‘ldiring.
2. Astar surting. Tayyorlangan yuzaga DEKOPRIMER astar bo‘yog‘ini surting. TRAVERTINni qo‘llashdan oldin kamida 12 soat kuting.
3. Faktura hosil qiling. TRAVERTINni po‘lat andava bilan 1,5–2 mm qalinlikda bir tekis surting. Qattiq cho‘tka yoki faktura beruvchi asbob bilan mayda chuqurchalar hosil qiling. Qatlam biroz qotgach, yuzani po‘lat andava bilan yengil silliqlang.
4. Tosh shaklini bering. Terilgan tosh ko‘rinishini olish uchun qoplama yetarlicha qotgach, chizg‘ich yordamida chok chiziqlarini chizing. TRAVERTINning to‘liq qurish vaqti — 24 soat.
Yakuniy pardozlash
1. Faktura to‘liq qurigach, DEKOLAK yoki boshqa shaffof akril lokni suv bilan 1:5 nisbatda aralashtirib, valik yordamida surting.
2. Yuza qurigach, DEKOCOLOR bo‘yog‘ini surting. Bo‘yoq hali namligida uning ortiqcha qismini nam gubka yoki yumshoq mato bilan artib oling.
3. Bo‘yoq qatlami to‘liq qurigach, DEKOLAK yoki boshqa shaffof akril lokni suv bilan 1:3 nisbatda aralashtiring. Keng cho‘tka yordamida butun yuzaga bir tekis surting.
Ko'rsatilgan ranglar — bazaviy palitra. Mahsulot 2000+ ottenkagacha kompyuterda tonlanadi.
Barcha ranglar katalogiSifati zo'r, lekin qurishi biroz vaqt oldi. Umuman mamnunman.
Usta professional ishladi, qoplama bir tekis yotdi. Tavsiya qilaman.
Mehmonxona devoriga surtdik — natija ajoyib. Tabiiy tosh ko'rinishi va hidi yo'q.
Sirt hajmini ayting — biz aniq sarf, narx va eng yaqin ustani taklif qilamiz.
Ichki Yuza Bo'yoqlari
Ichki Yuza Bo'yoqlariakril kopolimer asosida ishlab chiqarilgan, ichki yuzalar uchun mo‘ljallangan, yuqori sifatli matt ko‘rinishga ega suvli bo‘yoq.
Batafsil
Ichki Yuza Bo'yoqlari
Ichki Yuza Bo'yoqlari